Yig‘ilishda, institut rektori O‘.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi. Mazkur yig'ilishda kun tartibidan o‘rin olgan 6 ta muhim hamda 20 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalar keng muhokama etildi.
Dastlab, institut rektori Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Lola Mamadaliyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining “Faxriy yorlig‘i” shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun institutda faoliyat yurituvchi professor-ayol ustozlarimizdan: Gulnoza Alimjonova, Gulnora Davlyatova, Nodiraxon Usmonovalarning mukofotlangani bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga rivoj tiladi.
Shundan so‘ng ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi 3 nafar o'qituvchilarni professor (PhD) hamda 2 nafar professorlarning fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganliklari bilan tabriklanildi.
Ikkinchi qismda ilmiy kengash kotibi M.Shaxodjayev institutda bo‘sh ish o‘rinlariga topshirgan nomzodlar bilan tanishtirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoishlarining institutda ijrosi bo’yicha Yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov ma’ruza qildi.
Fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etilishi, ta’lim sifati va uzilishlar holati talabalar davomati tahlili, mavjud muammolari va ularning yechimlari to‘g‘risida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Z.Abdulxayev batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Institutda ijro intizomi. Yo‘riqnoma hujjatlarining ijrosi haqida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘lim boshlig‘i M.Tojiboyev to'xtalib o'tdi.
“Kimyo texnologiya” fakultetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar borasida Ko‘mak guruhining monitoring tahliliga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Dehkanov to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.