Farg'ona politexnika institutida "Jadidlarning ilmiy-pedagogik merosi: tarix va zamonaviylik" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.


Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni institut rektori O'ktam Salomov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, ma'rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o'z qimmati va ahamiyatini hamon yo'qotmasdan kelayotgan boy merosini Turkiy tilli davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo ishtirokchilarini tabriklab, mamlakatimiz uchun eng muhim mavzulardan biri – millat ta’lim-tarbiyasi masalasini muhokama qilish va O‘zbekistonda jadidlar boshlagan ishlarni davom ettirish vaqti allaqachon yetib kelganini ta’kidlab o'tdi. 

Michigan davlat universiteti faxriy professori, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti professori Temur Xo‘jao‘g‘li "Jadidlarning davlatchilik g‘oyasi: muxtoriyatdan mustaqil milliy davlatga" mavzusida ma'ruza qildi.

Bugungi xalqaro anjuman ishtirokchilari institutda tashkil etilgan muzey faoliyati bilan tanishdi. Shundan so'ng, 4 ta qismga bo'lingan sho'ba yig'ilishlari bo'lib o'tdi.

Konferensiyada bir vaqtning o‘zida sessiyalardagi muhokamalar, shuningdek, yoshlarni jalb qilgan holda, keng auditoriya uchun ochiq panel sessiyalarini o‘tkazildi. 

Xalqaro anjumanning ikkinchi kunida, ishtirokchilar Marg‘ilon shahar Hunarmandlar uyi, Rishton tumani Kulolchilik zavodiga va  tarixiy ziyoratgohlarga sayohat qilishdi.

Ikki kun davom etgan xalqaro anjuman yakunida ishtirokchilar ma'rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyati hamda ularning hayot yo'lini yanda chuqur o'rganishni va buning uchun mana shunday xalqaro anjumanlarni davom ettirishni kelishib olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti