Oliygoh talaba yoshlari ta'lim jarayonlarida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Uzwoolentex” MCHJda amaliyot o'tamoqda


Bunda Farg‘ona politexnika instituti “Yengil  sanoat  va to‘qimachilik” fakulteti talabalarining ta’lim sifatini oshirish, ilm ahlining nazariyada olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash masalasi ko'zda tutilgan edi.
 
Aytish kerak, 2024-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasiga muvofiq mazkur korxonada tashkil etilgan amaliyot darslari  bilimga chanqoq yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. 

Bir so'z bilan aytganda, harakat va natija, sohadagi bilimlarni takomillashtirish, istiqbolli loyihalar tadbiqi, mavjud muammolarga tezkorlik bilan yechim topa olish masalasi amaliyot jarayonlarida yoshlarga qo'l keldi.  Endilikda institut talaba yoshlari ta'lim jarayonlaridan uzilmagan holda amaliyot darslarida ishtirok etishmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti