Institutda talaba qizlar uchun davra suhbati bo'lib o'tdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan rejalashtirilgan chora tadbirlar yuzasidan  Farg‘ona politexnika instituti ICHB fakultetida talaba-qizlar uchun o‘tkazilgan  tadbirda fakulьtet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi B.Abdullayeva talaba qizlarga “Siz oila qurishga tayyormisiz? ” mavzusida suhbat olib bordi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya raisi tomonidan 2023 yil 15 mart kuni tasdiqlangan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishining 9- sonli bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda Fargona shaxar IIO FMB XKMB katta inspektori podpolkovnik Abdullayeva Dilorom Abdullayevna tomonidan ICHB fakulteti talaba qizlar ishtirokidagi “Jinoyatchilikni oldini olish va sog‘lom psixologik muhit” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda D.Abdullayeva tomonidan turli hil darajadagi sodir bo‘lgan jinoyatlar, uning oqibati, kelib chiqish sabablari yuzasidan talaba qizlarga video lavhalar qo‘yib berildi. Xotin-qizlarga nisbatan tayziq va zo‘ravonliklar, ularning turli ko‘rinishlari bo‘yicha qonun xujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar bugungi kunda Xotin –qizlarni zo‘ravonlikdan ximoya qilish bilan  birga tinch farovon yashashlarini ta’minlash uchun, oilasi tinch bo‘lgan ayol farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, o‘z o‘rnida jamiyatdagi ko‘pgina muammolarning yechimi ekanligini, xotin-qizlar doim qonun xujjatlari    himoyasida ekanligi taьkidlab o‘tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti