Bugun institutida "Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash-barqarorlik omili mavzusi”da uchrashuv bo'lib o'tdi


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi diniy ishlar boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarma bosh mutaxasisi Ilhom Mirzaaxmedov  va institut profilaktika inspektori X.Xomidov  Yengil sanoat va to‘qimachilik hamda Qurilish fakulteti talabalari, tyutorlar, fakultet koordinatorlari ishtirok etdilar.

Talabalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, o‘sib kelayotgan avlodga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikka nisbatan shukronalik, xorijda va mamlakatimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan daxldorlik, xushyorlik, ogohlik hissini uyg‘otish, diniy ekstremizm va terroristik harakatlari butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, “Jaholatga qarshi - ma’rifat” va “Ilmdan boshqa najot yo‘q” ekanligi, yoshlarni ilm olishga, ayniqsa, tanlagan sohasida o‘zining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida tinimsiz izlanishda bo‘lishlari haqida batafsil gapirib berdilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti