Bugun institutimizga Namanagan to'qimachilik sanoati instituti vakillari  tashrif buyurdi.


Tashrif davomida  O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i G‘.Mamatisayev, Registrar office boshlig‘i R.Mirsharipov hamda ikki institut yo‘nalish kafedra mudirlari  ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida institutda olib borilayotgan islohatlar, erishilayotgan natijalar, hamda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonlarini tashkil etilishi, o‘quv-uslubiy meyoriy hujjatlarni rasmiylashtirish va hamda kelgusida ilmiy-o‘quv faoliyatlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dastlab institut Muzeyi, Renesans hall, Media markaz, Galeriyalar, va Texnoparklar faoliyati bilan tanishildi. Hamda har kafedralar kesimda o‘quv meyoriy hujjatlar bilan kafedralarda muhokama ishlari olib borildi. Ikki tomon vakillari ham kelgusi faoliyati uchun kerakli ma’lumotlar olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti