Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomovning tegishli buyrug'iga asosan, ta'lim muassasada haftaning har payshanba kuni "Profilaktika kuni" deya e'lon qilingan.
Bugun Farg'ona politexnika institutida Farg'ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi vakillari, institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, institut inspektori X.Xomidov hamda "Qalqon" guruhi a'zolari bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni o'tkazishdi.
Talabalar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, oliygoh hududida tamaki mahsulotlarini chekmaslik hamda o'tkir tig'li asboblardan foydalanmaslik borasida talabalarga tushunchalar berildi va reyd tadbirlari tashkillandi.