Farg’ona politexnika institutida bo‘lib o’tayotgan “KITOBXONLIK HAFTALIGI” tadbirlari doirasida 2024 yil 4 aprel kuni, Axborot resurs markazida “Jadidlar me’rosi 3-renessans yoshlari nigohida” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu davra suxbatida “Kompyuterlashgan loyixalash tizimlari” hamda “Energetika” fakultetining 87 nafar talabalari o‘z tyutorlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda jadidlar xayoti, ta‘lim soxasidagi mexnatlari, ilmiy me’roslari va vatanimiz ozodligi yo‘lidagi kurashlari tarixiga atroflicha to‘xtalindi, “Jadid” gazetasi to‘g‘risida, gazetaning so‘ngi sonida yoritilgan ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida jadidlar faoliyatiga oid videoroliklar, Sh. Jo‘rayevning “Vatan” qo‘shig‘I taqdim etildi. Talaba-yoshlarning mavzuga oid fikrlari tinglandi.