Forum o‘z ishini seksiyalarga bo‘lingan holda davom ettirdi


Xabaringiz bor, bugun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazilmoqda. 

Forum doirasida turli mavzularda Seksiyalar ham bo'lib o'tmoqda. Seksiyalar ishida ikki mamlakat rektorlari universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari boʻyicha tajriba almashishdi.

Institut rektori O'ktam Salomov mazkur seksiyaning ikkinchi yig'ilishida “Ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari: O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi tajribasi” mavzusida ishtirokchilarga ma'ruza qildi. 

 O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi. Yakunda esa mavzu yuzasidan muhokama va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti