“Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi


Bugun Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida institut yurist konsultanti M.Latipov, profilaktika inspektori X.Xomidov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi I.Majidovlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

 

Suhbat davomida Korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

 

Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmasligi, Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldirishi xaqida, ayniqsa ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

 

Ushbu suhbat so‘nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti