Bugun Fargʻona politexnika institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Galina Saidova, Fargʻona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Xurshidjon Axmedov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarni institut rektori O‘.Salomov oliygohda mavjud “Oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish” markazlari hamda 15 ta spin-off korxonalarning ish faoliyati va innovatsion mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, ular oliygohda olib borilayotgan davlat ilmiy texnik va xalqaro loyihalar bilan tanishib, oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.