Institut kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tashkillangan “Xotira turniri” sport musobaqalariga start berildi


Bugun  Farg'ona politexnika instituti 2024 yil – “Yoshlarni va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi asosida   “9-may Xotira va qadrlash kuni ”  munosabati bilan institutda “xotira turniri” sport musobaqalariga start berildi.

Xotira turnirining ochilish marosimida, institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi B.Dadajonov, fakultet dekanlari professor o'qituvchilar  hamda ishchi xodimlar ishtirok etishdi.

Ushbu xotira turniri musobaqalarida institutda uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan marhum ustozlarning oila a'zolari, faxriy ustozlar hamda institutimizdagi professor-o'qituvchilar sportning 7 turi bo'yicha o'zaro bellashadi.

Final bosqichi esa joriy yilning 28-aprel sanasida o'tkaziladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti