“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Mutaxassislik fanlar"dan fan olimpiyadasi hamda “Talaba yoshlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.


Bugun Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Mutaxassislik fanlar"dan fan olimpiyadasi hamda “Talaba yoshlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir avvalida Mutaxassislik fanlaridan "Zakovat" intelektual o'yini bo‘lib o‘tdi. Shundan so'ng talabalar o'rtasida "Karvin", "Pishiriqlar" hamda "Konserva" tayyorlash bo'yicha bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuvda faol qatnashgan hamda kreativ yondoshgan talabalar xakamlar xay'ati tomonidan g'olib deb topilib, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir so'ngida ishlab chiqarish korxona rahbarlari  va mutaxasislari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar ham berib o'tildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti