Kuni kecha Farg'ona politexnika instituti majlislar zalida Ilmiy kengash kun tartibi muhokamasiga qo'yilgan 2023/2024 o‘quv yilida bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va magistrlik dissertatsiyalari (MD) bajarilish holatlari bo‘yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda institut rektori O‘.R.Salomov bitiruv malakaviy ishlarni va magistrlik dissertatsiyalarning bajarilishi monitoring natijalari tahlil qilindi. , Monitoring samaradorligi oshirish, pirovard maqsadda BMI va MD ishlarining sifatini ta'minlash uchun institut hamda fakultetlar ishchi guruhlariga topshirig‘lar berildi.