Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amaldagi DEBSEUz (“O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish”) loyihasi ishtirokchilarining birinchi texnikaviy seminar-treningi va loyiha yig’ilishi(“First Technical Training and Project Meeting”) Italiyaning Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv va seminar-treninglar bir hafta davomida o’tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi kunida loyihaning boshqaruvi va uni ommaga keng tarqatish muhokama qilindi. Loyihaning qolgan kunlarida ishtirokchilarga PV va CSPga asoslangan quyosh energiyasi tizimlari, Energiyani saqlash usullari va qurilmalari, Sanoatning texnologik o‘lchovlari va asboblari, Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti