Unda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.
Ushbu xalqaro anjumanda Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov ham ishtirok etmoqda.
Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.