Farg‘ona politexnika instutining navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Yig‘ilishda, institut rektori O‘ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi.  Mazkur yig'ilishda kun tartibidan o‘rin olgan 6 ta muhim hamda 20 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalar keng muhokama etildi.

Dastlab,  institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Axborot-resurs markazi bo‘lim boshlig‘i Ma’rifat Karimberdiyeva  O‘zbekiston Respublikasining "Kutubxona a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligi munosabati institut rektori O'. Salomov  tabrikladi. Shuningdek, ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi Yulduzxon Shokirovaning "Dotsent" ilmiy unvoni olgani bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoishlarining institutda ijrosi bo’yicha Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i Bekzod Abduhalilov ma’ruza qildi.

Ilmiy kengash kun tartibidagi navbatdagi masala, "Mexanika-mashinasozlik" fakulteti strategiyasi haqida fakultet dekani Ohunjon Nazarmatov to'xtalib o'tdi.

Shundan so'ng, bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasiga, bitiruv malakaviy ishlar(BMI), magistrlik dissertatsiyalari(MD) himoyalariga tayyorgarliklarining borishi to'g'risida O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i G'.Mamatisayev ma'lumot berib o'tdi.

Kun tartibidagi keyingi masala: institutda ijro intizomi. Yo'riqnoma hujjatlarining ijrosi to'g'risida institut Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i Mo'ydinjon Tojiboyev batafsil to'xtalib o'tdi.

Bugungi yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti