Institutda “Bashinkom” ilmiy-tadqiqot korxonasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi


...Xabaringiz bor, joriy yilning may oyi yakunida Farg‘ona viloyati hokimi rahbarligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasiga uyushtirgan amaliy tashrifi davomida yirik ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.

 

Viloyatimiz vakillari Yevropaning eng yirik biotexnologik kompaniyalaridan biri – “Bashinkom” ilmiy-tadqiqot korxonasida bo‘lib, viloyatimizda joylashgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilishgan.

 

Shu munosabat bilan kuni kecha “Bashinkom” ilmiy-tadqiqot korxonasining eksport bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Linar Minnebayev viloyatimizga tashrif buyurib, bir necha tarmoq korxonalari bilan aloqalar o‘rnatdi. Shuningdek, Farg‘ona politexnika institutida ham uchrashuv o‘tkazdi. 

 

Uchrashuvda, “Bashinkom” korxonasi bilan hamkorlikda institutimiz talaba, magistr, doktorant va professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish vebinarlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy-innovasion hamkorlik qilishga hamda yangi innovatsion mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi. 

 

Ma’lumot uchun: “Bashinkom” korxonasi Rossiya, MDH va Yevropadagi yirik biotexnologik korxonalardan biri. Ishlab chiqariladigan mahsulotlari: Bog‘bonlar uchun biologik mahsulotlar va bioo‘g‘itlar, zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha biopreparatlar, qishloq xo‘jaligi hamda chorvachilik uchun yuqori hosildorlik bervuchi vositalar, burg‘ilash hamda neft va gaz qazib olish uchun reagentlar.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti