Dastavval, bank mutaxassislari tomonidan "Biznesni rivojlantirish banki"ning imkoniyatlari va qulayliklari haqida uchrashuv ishtirokchilariga taqdimot qilindi.
Mazkur uchrashuvda institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida bank vakillari kelgusida ta’lim muassasamizdagi olimlar, soha mutaxassislarining innovatsion g‘oyalar, startaplar va ilmiy loyihalarni biznesga aylantirishga ko‘maklashish haqida ham kelishib olishdi.