Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona politexnika instituti rektori huzuridagi boshqaruv yig'ilishi o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda institut rektori O'.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Dastlab, institut rektori O'.Salomov yig'ilish ishtirokchilarini bugungi kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so'ng, ijro intizomi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “edo.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida Jismoniy va yuridik shaxslaming murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i M.Tojiboyev axborot berib o'tdi.
Kun tartibining ikkinchi masalasi Farg‘ona politexnika institutida 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlariga tayyorgarlik holati to‘g‘risida bo'lib, qabul komissiyasi mas’ul kotibi I.Jaxongirov batafsil ma'lumot berdi.
Uchinchi masala esa, institutda "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga YMMMIB birinchi prorektor Sh.Dexkanov to'xtalib o'tdi.
Keyingi asosiy masalalardan biri talabalarning to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish holati to‘g‘risida bo'lib, bu haqda MIIB prorektori A.Salimov yig'ilish ishtirokchilariga ma'lumot berdi.
Yig'ilishda qo'shimcha masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi.
Ushbu boshqaruv yig'ilishida kun tartibidagi barcha masalalar ko'rib chiqilib, mas'ullarga topshiriq berildi.