Bugun institutimizga Qoʻshtepa tumanidagi
“Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish
korxonasi rahbari,senator Ibrohimjon Sultonov, viloyat Xalq demokratik partiyasi raisi Zokirjon Zohidov va "Hududgaz Farg'ona" GTF direktor o'rinbosari Elyorjon Qudratovlar tashrif buyurishdi.
Dastavval, mehmonlar institutda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Joriy yilning 6-may kuni Prezident huzurida oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimotda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’lim sohasida loyihalar markazi loyiha ofisi bilan birgalikdatalaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz, milliy g‘urur, Vatanga sadoqattushunchalarini targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz ziyolilari, deputatlarining oliy ta’lim muassasalariga tashriflari reja-jadvalini tasdiqlash va targ‘ibot uchrashuvlarini o‘tkazish tavsiya etilgan.
Mazkur reja-jadaval asosida institut 1-galareyasida “Rahbar va yoshlar”uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yoshlar bilan o'tgan qizg'in suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.