“THE NEW GRAND HOUSE” MCHJ tomonidan institut hududida qurilishi yakunlangan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, talabalar uchun 100 ta xona ajratildi. Ushbu xonalarning har birida sanitar-gigiyenik xonasi mavjud bo‘lib to‘liq jixozlangan. Xonalarda mebel jixozlash ishlar yakunlangan bo‘lib xonalarda tozalash ishlari olib borilmoqda. Bino talabalarni qabul qilish uchun tayyor holatga keltirildi.
Ushbu talablar turar joyining yertoʻla qismida 100 oʻrinli oshxona va oʻquv markazi, binoning kirish qismida “book cafe”, wife zonali xonaning borligi mazkur yotoqxonaning boshqalardan ajralib turilishini taʼminlaydi. Shuningdek, talabalar turar joyining har bir xonasida talabalar uchun sharoitlar mavjud, ular uchun xonalar ichida sanuzellari ham mavjud.
Vazir o'rinbosari talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlarni ko'zdan kechirib, kerakli topshiriqlarni berib o'tdi.