Instututda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi


Joriy yilning 6-may kuni Prezident huzurida oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimotda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’lim sohasida loyihalar markazi loyiha ofisi bilan birgalikdatalaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz, milliy g‘urur, Vatanga sadoqattushunchalarini targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz ziyolilari, deputatlarining oliy ta’lim muassasalariga tashriflari reja-jadvalini tasdiqlash va targ‘ibot uchrashuvlarini o‘tkazish tavsiya etilgan.

Bugun mazkur reja-jadaval asosida Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetiga Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Fozilov Dilshod Aliyevich, Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, senator Ibrohimjon Sultonov va institut rektorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Dexkanov Sherzod Abdumutalibovichlar tashrif buyurishdi.

Dastlab, mehmonlar fakultetda tahsil olayotgan iste’dodli talabalarning o‘z sohasida amalga oshirgan innovatsion loyihalari va ijodiy ishlanmalar bilan tanishdi.

Tadbir avvalida institutning 1-prorektori Dexkanov Sherzod Abdumutalibovich so'zga chiqib, o‘tkazilayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi talabalar uchun har tomonlama foydali bo‘layotgani haqida fikrlar bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Fozilov Dilshod Aliyevich ta'lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritib, o‘sib kelayotgan har bir yosh avlod vakili ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanishi zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida institut hamda Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.

 Mazkur uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti