Farg’ona politexnika instituti hamda Yaponiyaning “Willtec”, “Wat consulting” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan “Yapon tili va Yapon texnologiyalari markazi” ning 2-mavsum ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda, Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari "Wat consulting” kompaniyasing bosh direktori Tatsuo Mizutani, "Wiltek kompaniyasi" ning xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Karino janoblari, Yapon madaniyat xodimi Kamazaki xonim hamda Farg’ona politexnika instituti rektori Oʻ.R.Salomov, oliygoh soha prorektorlari, va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlab, mazkurni tadbirni oliygoh rektori Oʻ.R.Salomov ochib berdi. Shuningdek, markazning birinchi bosqichda tahsil olayotgan Yapon tilini muvafaqqiyatli o‘zlashtirib, Yapon tili sertifikatini olgan talabalar Kompaniyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.