MA'RIFAT ULASHIB" loyihasi doirasida, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Shavkat Do'stmuhammad hamda Anvar Mirzo shoirlar tashrif buyurishdi


Avval xabar berganimizdek, bugun Fargʻona politexnika institutiga "MA'RIFAT ULASHIB" loyihasi doirasida, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Shavkat Do'stmuhammad hamda Anvar Mirzo shoirlar tashrif buyurishdi.

Dastavval, institutda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar va institut muzeyi bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so’ng, oliygoh madaniyat saroyida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda, shoirlar ijodiy faoliyatlarini qanday boshlaganliklari, o‘z she'rlarida milliy qadriyatlarni qanday aks ettirishlari, hayot yo'llarida duch kelgan qiyinchiliklar va ularni qanday yengib o‘tganliklari bo'yicha talabalar bilan o'rtoqlashdilar. Bu esa, talabalarni shoirlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshishiga, ijodiy fikrlar almashishga  yordam berdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti