Bugun institut majlislar zalida, Latviyaning ISMA Amaliy Fanlar Universiteti (ISMA University of Applied Sciences) hamda universitetning Farg‘ona filiali rahbariyati mutasaddilari hamda oliygoh vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Tadbirda, ISMA universiteti professori Elena Chayko (Jelena Cayko), Farg’ona filiali direktori H.Abdurahmonov, direktor o‘rinbosari H.Sattarova hamda institut xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Z.Yunusov, KLT fakulteti dekani M.Toxirov, IMT kafedrasi mudiri S.Yusupov va kafedra jamoa vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Z. Yunusov institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha taqdimot qildi. Shuningdek, mehmonlar taʼlim muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda institut muzeyi bilan yaqindan tanishishdi. 

Tadbir yakunida, xalqaro hamkorlikni Yevropa Ittifoqinig Erasmus+ hamda Horizon dasturlarini birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti