Bugun Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetida “Oliy ta’lim muassasalarida dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etishning muhim jihatlari: muammolar va yechimlar” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Seminar kirish qismida institut o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i G’.Mamatisayev, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Z.Abdulxayev va fakultet dekani M.Toxirovlar dolzarb mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi.
Seminarning dastlabki bosqichda fakultetning yosh professor-o'qituvchilari jalb qilindi. Ma’ruzachilar Y.Mamasodiqov, M.Usmonova hamda U.Madmarovalar tomonidan mazvuga doir mahorat darslari o’tkazildi.