Institutimizda "tarmoq-oliygoh-korxona" tamoyili asosida ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Ana shulardan biri,Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasida "SMSHD TEX" MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yo‘nalishning 4-bosqich guruh talabalariga dual ta’lim dasturi tashkil etish maqsadida, mazkur korxonada bo'lishdi.
Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchisi R.A.Berdiyeva boshchiligida 84-21 YSBKIT guruh talabalari "SMSHD TEX" MCHJ ning faoliyati, texnologik jarayonlari hamda jihozlari bilan yaqindan tanishib, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlarini korxona mutaxassislari ishtirokida amaliy tarzda olib borishdi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.
Talabalar ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaga oid bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlashdi