Bugun Energetika fakulteti talabalari dual ta’lim tizimida amaliy jarayonlarga jalb etildi. Farg‘ona shahar SHETK xodimi tomonidan birlamchi yo‘riqnoma o‘tkazilib, talabalarga xavfsizlik texnikasi qoidalari va tartib intizom qoidalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so'ng, talabalar guruhlarga bo'linib, shahardagi ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlardagi mavjud podstansiyalar energiya iste'molini o'rganishdi.
Dual ta'lim orqali talabalar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashmoqda. Bevosita talabalar bilan birgalikda ulgurji iste’molchilarda tezkor energoaudit tashkil qilinib, kerakli ilmiy xulosalar korxona raxbariga taqdim etildi.
Energiya iste'moli samaradorligini o'rganish ishlari davom etmoqda