Dual ta'lim tizimi amalda


Farg‘ona politexnika instituti va “Raqamli texnologiyalar markazi dureksiyasi” MChJ hamkorlikda dual ta’lim tizimini, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida, institut professor-o‘qituvchilari va korxona mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani O.Nurmatov va “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, professor I.Ismanov, professor-o‘qituvchilar,“Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishi  talabalari, magistrlar, tadqiqotchilar hamda markazning yetuk mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvda markaz bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Memorandum asosida tegishli ta’lim yo‘nalishlari o’quv jarayoni 5+1 yoki 4+2 ta’lim modellari asosida olib boorish orqali malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini samarali tashkil etish, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini bevosita korxona mutaxassislar tomonidan o’tkazilishi kelishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti