Bugun institut 1-Galereyasida, "UZSUNGWOO" MCHJ QK vakillari hamda oliygoh bitiruvchilari ishtirokida ochiq suhbat bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda mexanika-mashinasozlik , kompyuter loyihalash tizimlari fakultetining bitiruvchi talabalari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida, korxona vakillari o'zlarining ish faoliyati, innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari, malakaviy amaliyot o'tash hamda ishga joylashish to'g'risida batafsil ma’lumot va tushunchalar berib o'tishdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutasaddilari tomonidan javob oldilar. Bu muloqot talabalarga kelajakdagi ish imkoniyatlari haqida yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lishga hamda o'zlariga kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish va amaliyot o‘tash uchun qanday yo‘nalishlarni tanlashlari haqida tushunchalarga ega bo'lishdi.