Mazkur uchrashuvda, O'zbekistondagi tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng katta platformalardan biri "MFaktor" biznes maktabi, "Dekos" brendi asoschisi Hasan Mamasaidov talabalar bilan samimiy moloqot o'tkazdi.
Uchrashuv davomida, Hasan Mamasaidov vaqt va energiyani to‘g‘ri boshqarish, muvaffaqiyatga erishish sirlari hamda doimiy bilim olishning hayotiy ahamiyati haqida jonli va ilhomlantiruvchi ma’ruza o‘tkazdi. Shuningdek, o‘zining shaxsiy tajribalariga asoslangan holda talabalarga muvaffaqiyat sari olib boruvchi yo‘llarni, hayotda qanday qiyinchiliklar orqali o‘z maqsadlariga erishganini haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shu bilan birgalikda, institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektori Sh.Dehkanov oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.