DUAL TA'LIM TIZIMI AMALDA


Institutimizda "tarmoq-oliygoh-korxona" tamoyili asosida ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Ana shulardan biri  Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti hamda "Teamdress Holding" GmbH Farg‘ona filiali tikuvchilik kompaniyasi  o'rtasida tuzilgan shartnoma bo'lib, o'zaro hamkorlik aloqalari tizimli yo'lga qo'yilgan.  

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti, Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Ulug‘boboyeva boshchiligida , 84-21 YSBKIT guruh talabalari hamda kompaniya mutaxassislari ishtirokida dual ta’lim dasturini tashkil etish maqsadida, mazkur kompaniyada bo'lishdi.  

Talabalar kompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaga oid bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Shu bilan birgalikda, talabalar dual ta’lim metodi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti