Mazkur tadbirda, oliygoh Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash maslahatchilari hamda talaba qizlar oliygoh hududida milliy liboslarda sayr qilishdi. Bu esa, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shu bilan birgalikda, ushbu tadbir qizlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Talaba qizlarning milliy liboslarda sayr qilishi bayramona muhit yaratib, milliy urf-odatlar va an’analarni ham tarannum etdi.
Yurtimizda qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida, qizlarimiz nafaqat oila va jamiyatda, balki turli sohalarda yetakchi o‘rinlarda faoliyat yuritib kelishmoqda.