Dual ta'lim tizimi amalda amaliyotga keng targ’ib etilmoqda


Institutimizda "tarmoq-oliygoh-korxona" tamoyili asosida ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Ana shulardan biri  Kimyo texnologiya fakulteti hamda "Navbahor imperiya" MCHJ o'rtasida tuzilgan shartnoma bo'lib, o'zaro hamkorlik aloqalari tizimli yo'lga qo'yilgan. 

 
Bugun Kimyo texnologiya fakulteti, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi A.Abrolov boshchiligida, 76-21 FOBMT guruh talabalari bilan birgalikda dual ta’lim tizimi tamoyili asosida, mazkur korxonada bo'lishdi.  Korxona vakillari o'zlarining ish faoliyati, innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari, malakaviy amaliyot o'tash hamda  ishga joylashish to'g'risida batafsil ma’lumot va tushunchalar berib o'tishdi.

Dual ta'lim orqali talabalar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashib, dual ta’lim metodi asosida dars mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti