Siz ham ijod qilish, muhim voqealarni videotasvirga tushirishga qiziqasizmi? Telefoningiz orqali tayyorlagan videoroliklaringhizni ora-orada o’zingiz tomosha qilishdan charchadingizmi? Sizning ijodiy mahsulotingizni ommaga e’lon qilib, yo’l yo’riq ko’rsatishga aynan biz yordam bera olamiz!

 Havaskorlikdan profisionallik sari olg’a qadam tashlash vaqti keldi. Farg’ona politexnika instituti Matbuot xizmati tomonidan “ijtimoiy videroliklar” tanlovi tashkil etildi.

Bunda siz, korrupsiyaga qarshi kurashish, atrof-muhit muhofazasi hamda talaba madaniyati haqida qisqa metrajli, mazmunli videoroliklaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Ijtimoiy videoroliklaringizni joriy yilning 1-iyunidan 13-iyun kuniga qadar onlayn tarzda @Farpi_press_bot ga yuborishingiz darkor.
 
Ijodiy ishlar maxsus tuzilgan kommisiya tomonidan ko’rib chiqiladi va har bir yo’nalish uchun 3 nafardan g’olib aniqlanadi. G’oliblar pul mukofoti, qimmatbaho sovg’alar va albatta sertifikat bilan mukofotlanishadi.

Hurmatli ijodkor talabalar shoshiling, tanlovga start berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti