Olmaliq Muhandislik maktabiga tanishuv tashrifi


Farg‘ona politexnika instituti rektori O'.Salomov boshchiligidagi institut mas'ullari hamda institutning sanoat hamkorlari  Olmaliq Muhandislik maktabiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif Prezidentimizning muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirildi va sanoat bilan ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Institutimiz vakillari o‘zining sanoatdagi hamkori bilan birga Muhandislik maktabning o‘quv va amaliyot jarayonlari, laboratoriyalari, texnoparklari va boshqa texnik bazalari bilan tanishdi. Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida sanoat bilan yaqin aloqada bo‘lish, talabalarga amaliy bilimlarni chuqurroq singdirish, va sanoat talablariga mos muhandislarni yetishtirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdir.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti