Bugun institut 1-Galereyasida, "Avtooyna" MCHJ rahbariyati va institut bitiruvchi talabalari o‘rtasida malakaviy amaliyot va bandlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilish davomida, korxona rahbari o‘rinbosari S.B.Mo'minov, xodimlarni boshqarish hamda HR bo‘limi boshlig‘i O.L. Abduxamidov talabalarga korxona haqida batafsil ma’lumot berib o'tishdi. Shu bilan birgalikda, bitiruvchilar tomonidan berilgan malakaviy amaliyot o‘tash va ishga kirish jarayoniga oid savollarga to‘liq javoblar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv, talabalarning kelgusida mehnat faoliyatini rejalashtirish, amaliyot o'tash imkoniyatlari va bandlik masalalari bo‘yicha muhim ma'lumotlarga ega bo'lishlariga xizmat qildi. Shunindek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashib, amaliyot jarayoni va undan keyin ishga joylashish shartlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti