Quvonarli jihati shundaki, institutimiz vakillari ham ushbu tadbirda ishtirok etib, Farg‘ona politexnika institutida amalga oshirilayotgan va yakunlangan Erasmus+ CBHE loyihalarining sanoat korxonalari bilan integratsiyasi, samaradorligi va istiqbollari bo'yicha Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig'i N. Ismailov, bo’lim uslubchisi T. Turg'unboyev o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, institutimiz vakillari respublika miqyosida tashrif buyurgan boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan ham o‘zaro tajriba almashish, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish bo’yicha kelishib olishdi.