Bugun institutimizning 1-galereyasida, birinchi prorektor Sherzod Dehkanov boshchiligida, barcha fakultet dekan o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari va tyutorlar ishtirokida "Siyosiy-ma’rifat soati" bo'lib o'tdi.


Bugun institutimizning 1-galereyasida, birinchi prorektor Sh.Dehkanov boshchiligida, barcha fakultet dekan o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari va tyutorlar ishtirokida "Siyosiy-ma’rifat soati" bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida, institutda tashkil etilgan saylov uchastka shtablarida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, saylov jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birgalikda, 2024/2025-o'quv yilida yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo'nalishida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ustuvor vazifalar boʻyicha batafsil ma'lumot berib o'tildi.

Shuningdek, yig'ilishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyul kungi "Oliy ta'lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish" to'g'risidagi 269-sonli buyrug'ini bajarish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti