Dastavval, institut majlislar zalida o’zaro manfaatli hamkorlikka bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda GIZ tashkiloti vakillari, institut rektori O’ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu uchrashuvda institut xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Ziyodbek Yunusov ta’lim muassasamizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha taqdimot qildi. Shundan so‘ng, GIZ tashkiloti tomonidan O’zbekiston sanoat sektorining yashil transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida o‘tkazilgan grant dasturi tanlovida institutimiz vakillarining 2 ta loyihasi g‘olib deb topilgan bo’lib, shu loyihalar to‘g‘risida yanada to’liq ma’lumot berib o’tildi.