Mazkur tadbirda, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sh. Dehqonov, Xotin-qizlar maslahat kengashi vakillari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda qurilish fakultetining talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, talaba-qizlarning oʻquv jarayonidagi va ijtimoiy hayotdagi faolligi, jamiyatga ta’siri hamda ularning oʻz iqtidorini namoyon qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bo'yicha tushunchalar berildi. Bu esa, talaba-qizlarga nafaqat oʻzlari uchun, balki jamiyatda sogʻlom ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, talaba-qizlarning tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida “Tashabbuskor” talaba-qizlar jamoasi tashkil etildi.