Xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi


Farg’ona politexnika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar  maslahat kengashi faoliyatini  o‘rganish maqsadida  Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xotin-qizlarning ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi imkoniyatlari, ularning faoliyati va muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. 

Mazkur jarayonlarda institutdagi xotin-qizlar bilan muloqot olib borilib, o‘zaro tajriba almashildi. Shuningdek, ularning faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgani hamda talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, “Lider qizlar”, “Qizlarjon” klublari va boshqa to‘garaklar faoliyati batafsil o‘rganildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti