Mazkur tadbir, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Dastavval, tadbirni institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sh.Dehqonov, samimiy tabrik so‘zlari bilan ochib berdi. Tadbir davomida, taniqli ijodkorlarning hayoti va ijodi haqidagi videoroliklar namoyish etildi.
Shoirlar o‘z asarlarining yaratilish jarayoni, ilhom va ijodiy izlanishlari haqida o‘zgacha bir ruh bilan tinglovchilar bilan o'rtoqlashdilar. Shu bilan birgalikda, eng yaxshi savol egalariga esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida mualliflar, onalariga bo‘lgan chuqur ehtirom ramzi sifatida, guldastalar taqdim etdilar.