Respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, yurtimizning barcha oliy taʼlim muassasalarining vakillari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoalari hamda Farg‘ona politexnika instituti rektori O'.Salomov boshchiligidagi institut mas'ullari va oliygoh talaba-yoshlari ham ushbu loyihada faol ishtirok etishdi.
Jumladan, Farg‘ona politexnika institutida ham mazkur loyihaga start berildi. Ushbu loyihada, oliygoh soha prorektorlari, barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar kengashi maslahatchilari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar birlgalashib ko'tarinki kayfiyatda, "Yashil makon" marafoni doirasida ta’lim muassasamiz hududiga turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi.