Mazkur yig‘ilishda barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, oliygoh yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduxalilov, professor-o'qituvchilar, xotin-qizlar kengashi maslahatchilari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar va ta’lim jarayonidagi natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi va mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.