Bugun Fargʻona politexnika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o'rinlik talabalar turar joyi binosini qurish bo'yicha shartnoma imzolandi.
Loyiha tashabbuskori "Mash'al plyus" MCHJ tomonidan Fargʻona politexnika instituti hududining 3000 kv. metr yer maydoniga 5 qavatli talabalar turar joyi qurish bo'yicha shartnoma imzolandi.
2022-2025-yillar davomida sheriklik asosida institut hududida 1 ta, institut hududida tashqarida 3 ta talabalar turar joylari qurilishi natijasida talabalarning yotoqxonaga bo'lgan ehtiyojini qondirish 96% ga yetkaziladi.