Kuni kecha institut 1-Galereyasida, yosh mutaxassislar uchun kasbiy amaliyot dasturi (Young Professional Internships Program, YPIP) haqida bakalavr bosqichi talabalari uchun moʻljallangan taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.


Tadbir davomida, talabalar soha mutasaddilari tomonidan YPIP ya'ni dastur Amerika Kengashlari tomonidan tashkil qilinishi va AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtirilishi boʻyicha batafsil maʼlumot hamda tushunchalar ega boʻlishdi. 

Jumladan, talabalarga mazkur dastur orqali:

Toshkentdagi yetakchi korxonalarda yozgi amaliyot o‘tash;

Sohada yetakchilar va tengdoshlar bilan tanishish;

STEM va biznes sohalari mutaxassislarini mentorlikka tanlash  imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida tushuntirib o'tildi.

Tadbir yakunida, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutasaddilari tomonidan batafsil javob olishdi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti