Pedagog xodimlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan “Pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimini qonunchilikda mustahkamlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Muhokamada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azizbek Akbarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Ismoil Eshmamatov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Qodirov hamda sohaga oid tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Unda ta’lim tizimida malaka oshirish jarayonini yanada takomillashtirish, ilg‘or usullarni joriy etish va pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, maktabgacha, maktab hamda oliy ta’lim tizimida 6 xil shaklda malaka oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, o‘qituvchilarni masofaviy ta’lim orqali qo‘llab-quvvatlash, raqamli platformalarda modulli dasturlarni keng joriy etish ishlari davom ettirilmoqda.

Yakunida pedagoglarning malakasini oshirishni yagona yaxlit tartibda tashkil etish, yosh o‘qituvchilarni pedagogik mahorat va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takliflar ilgari surildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti