“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan tarixiy tadbirda 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, Ginnes rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu yutuq mamlakatimiz nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga kiritilishiga sabab bo‘ldi.
Quvonarli jihati shundaki mazkur jarayonda Farg‘ona davlat texnika universitetining barcha fakultetlaridan 80 nafar iqtidorli talaba faol ishtirok etdi va o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyish etib, rekord o‘rnatilishiga munosib hissa qo‘shishdi.Tadbir yakunida, universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Davlyatov talabalarimizga esdalik medallarini topshirdi. Bu esa yoshlarning mehnati, fidoyiligi va texnologiyalar sohasidagi izlanishlari yuksak e’tirof etilayotganidan dalolat berdi.

